
“Manchester Yunayted”ni faqat shu murabbiy qutqaradi
Frantsiyalik mashhur futbolchisi Vilyam Gallas “Manchester Yunayted”ni yuqori pog‘onalarga ko‘tara oladigan ideal murabbiy borligini ta’kidladi.
Ma’lumki, manchesterliklar yangi mavsumni muvaffaqiyatsiz boshlandi. Shundan so‘ng niderlandiyalik bosh murabbiy Erik ten Xagni iste’foga chiqarish masalasi yana kun tartibiga qaytdi.
Vilyam Gallas “Manchester Yunayted” mutasaddilarini boshqa mutaxassisga e’tibor qaratishga chaqirdi.
- Tomas Tuxel “Manchester Yunayted” muammolariga echim topa oladigan mutaxassisdir. Agar uni bosh murabbiy qilib, jamoani shakllantirish uchun ikki yil vaqt berishganida, “Manchester Yunayted”ning ahvoli hozirgidan ancha yaxshi bo‘lardi.
“Chelsi”da Tomas Tuxelni o‘yinchilar qattiq hurmat qilardi. U Chempionlar ligasi va boshqa turnirlar bosh sovrinini qo‘lga kirita olgan. O‘shanda unga vaziyatni o‘nglashi uchun etarli vaqt berishmagan, - dedi Vilyam Gallas.
Fikrlar