
"Manchester Yunayted"ni tark etgan xavbek "Lill" bilan shartnoma imzoladi
Frantsiya chempionatining "Lill" klubi Angliya yoshlar terma jamoasi yarim himoyachisi Eynjel Gomesni o‘z safiga qo‘shib oldi.
Sky Sports nashri manbasiga ko‘ra, 19 yoshli futbolchi Liga 1 klubi bilan kelishuv ishlari yakunlanganidan so‘ng, Portugaliyaning "Boavishtu"siga ijaraga yuborildi.
"Manchester Yunayted" bilan iyun oyida shartnomasi yakunlangandan so‘ng, angliyalik futbolchi "qizil iblislar" tarkibini erkin agent maqomida tark etgan edi.
Fikrlar