
"Manchester Yunayted"ning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
“Manchester Yunayted” klubi muxlislari jamoaning yakunlangan avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisini aniqlashdi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra uelslik yarim himoyachi Deniel Jeyms barchadan ko‘p ovoz to‘plab ushbu nomga sazovor bo‘ldi. Bu borada u jamoadoshlari Aaron Van-Bissaka va Xarri Maguayrlarni ortda qoldirdi.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli Jeyms “Manchester Yunayted” safiga joriy yozgi transferlar davrida “Suonsi”dan 17 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan oy 4ta o‘yinda maydonga tushdi va 3ta gol urishga erishdi.
Fikrlar