"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi APLga qaytishi mumkin

  • 14 iyun, 12:45
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Fenerbaxche" klubi yarim himoyachisi Fred Santos faoliyatini yana Angliyada davom ettirishi mumkin. "Sozcu" nashrining xabariga ko‘ra, Angliyaning "Everton" klubi 32 yoshli braziliyalik xavbekni kuzatib bormoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga ko‘ra, klub mutasaddilari futbolchini qaytarish haqida jiddiy o‘ylamoqda. Agarda vaziyat to‘g‘ri kelsa, jamoa taklif bilan chiqishga tayyor.

Avval "Manchester Yunayted"da to‘p surgan Fred joriy yozda Angliya Premer-ligasiga qaytishi ehtimoli bor. U 2024/25 yilgi mavsumda barcha turnirlarda jami 45 uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 8 ta assist muallifiga aylandi.

Uning "Fenerbaxche" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyunigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning bozor qiymati 12 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!