
"Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi bu futbolchini jamoadan xaydamoqchi
"Manchester Yunayted" braziliyalik himoyachi Aleks Telles bilan xayrlashmoqchi, deb xabar bermoqda The Mirror.
Manbaga ko‘ra, mankunianliklar bosh murabbiyi Erik ten Xag "qizil iblislar" bilan shartnomasi yana ikki yildan so‘ng tugaydigan 29 yoshli braziliyalik futbolchiga jamoada o‘rin yo‘q deb hisoblaydi. Transfermarkt tomonidan Telles 18 million evroga baholangan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq MYu ushbu pozitsiyaga "Feyenoord"ning chap qanot himoyachisi Tayrel Malaziyani sotib olishi ma’lum bo‘lgandi.
Aleks Telles o‘tgan mavsum "Manchester Yunayted" safida jami 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar