Manchesterda katta o‘zgarish: Nishonda etti futbolchi
Angliya Premer-ligasidagi mavqeini tiklashga urinayotgan “Manchester Yunayted” yanvar oyidagi qishki transferlar davrida tarkibini ikki nafar kuchli yarim himoyachi bilan to‘ldirishni mo‘ljallamoqda.
Evropadagi nufuzli manbalardan talkSPORT nashrining xabar berishicha, manchesterliklar maqsadini amalga oshirish uchun etti nafar futbolchini nishonga oldi.
“Yunayted” skautlari tavsiyasi bilan tuzilgan ro‘yxatga quyidagi charm to‘p ustalari kiritildi.
Konor Gallaxer (“Atletiko” Madrid)
Ruben Nevesh (“Al-Hilol”)
Karlos Baleba (“Brayton”)
Elliot Anderson (“Nottingem Forest”)
Adam Uorton (“Kristal Pelas”)
Tayler Adams (“Bornmut”)
Angelo Shtiller (“Shtutgart”).
Shu bilan birga, Gallaxer yoki Nevesh bilan shartnoma imzolash ehtimoli yuqori ekanligi ta’kidlanmoqda. Qolgan besh nafar futbolchi, katta ehtimol bilan, kelasi yozgacha transfer uchun ochiq bo‘lmaydi. Gallaxer ham, Nevesh ham APLga qaytishni istamoqda.
Fikrlar