Manchesterda nima qilasan? Bizga o'tib soqqani bos!

  • 15.07.2026 10:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Vest Xem» klubining iqtidorli hujumkor futbolchisi Krisensio Sammervillga yana bir jiddiy daʼvogar paydo boʻldi. 

Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi niderlandiyalik futbolchi bilan muzokaralarni boshlagani xabar qilinmoqda.

24 yoshli vinger «Vest Xem» tarkibidagi kuchli mavsumi orqali skautlar eʼtiborini tortdi. Jamoa Premier-ligadan tushib ketganiga qaramay, u oʻzini yaxshi tomondan koʻrsata oldi. Sammervill shuningdek 2026 yildagi jahon chempionatida Niderlandiya terma jamoasi asosiy tarkibida debut qildi va musobaqa davomida ikki gol urib, yana ikki golga pas berdi.

Insayder Sasha Tavolieri maʼlumotiga koʻra, futbolchiga «Manchester Yunayted» va «Roma» klublari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Tavolieriga tayanib berilgan xabarlarda aytilishicha, «Al-Hilol» Sammervill bilan allaqachon muloqotni boshlagan, uning transferi uchun esa taxminan 40 million yevro soʻralmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!