Manchesterda shu ikki futbolchini qoldirib, hammasini yo‘qotardim!

  • 14 mart, 11:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Yunayted” tarixida eng ko‘p gol urgan Ueyn Runi jamoaning hozirgi ahvoliga baho berib, tarkibni jiddiy yangilash kerakligini ta’kidladi.

- Jamoa o‘zini yo‘qotib qo‘ygan va cho‘chib qolgandek ko‘rinmoqda. Faqat Brunu Fernandesh natija beryapti, biroq u ham ba’zan hammaning jahlini chiqaryapti. Tarkibda jiddiy o‘zgarish qilish kerak.

Men 10-15 ta futbolchi “Manchester Yunayted”ni tark etishi kerak, degan fikrdaman. Balki bunday qilishmas, lekin hozirgi jamoaning mentaliteti shundayki, ulardan hech kim mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmaydi.

O‘zimga qolsa, jamoada faqat Brunu Fernandesh va Maynuni olib qolgan bo‘lardim.

Klubda hozir shunday dunyoqarash vujudga kelganki, mag‘lubiyatni juda engil qabul qilishyapti. O‘yinchilar “keyingi uchrashuvda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz”, degan safsatalarga yopishib olgan.

Maydonda xarakter ko‘rsating, oxirigacha kurashing. Holatga qarab, qalbim og‘riyapti, - dedi Ueyn Runi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!