
Manchesterliklar 105 millionga ikkita zo‘r o‘yinchi oladi
“Manchester Yunayted” rahbariyati yangi mavsum oldidan qimmatbaho xaridlar bilan bosh murabbiy Ruben Amorimni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi.
Yaqinda o‘z tarkibiga Brayan Mbemoni 75 million evro evaziga qo‘shib olgan manchesterliklar yana ikkita katta transferni amalga oshirmoqchi.
Klub xo‘jayinlari bu masalada Ruben Amorim loyihasga qo‘shimcha tarzda yana 105 million evro ajratadigan bo‘ldi.
Bu pulga Amorim jamoaga “Valensiya”ni yarim himoyachisi Xavi Gerra va “Leyptsig” to‘purari Benjamin Sheshkoni olib kelmoqchi. Ispaniyalik futbolchi ayni paytda 25 million evroga baholanmoqda.
Sloveniyalik hujumchini olish uchun “Yunayted” Bundesliga klubiga 80 million evro to‘lashiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar