Manchesterliklar bir jamoaning ikki futbolchisiga ko‘z tikdi

  • 26.07.2026 17:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

AQSh terma jamoasi yarim himoyachisi Tayler Adams yozgi transfer oynasida tayanch zonasini kuchaytirishni rejalashtirayotgan «Manchester Yunayted» ko‘rib chiqayotgan nomzodlar ro‘yxatiga kirdi. 

Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, amerikalik futbolchi «MYu» uchun boshqa bir yarim himoyachi — klub diqqat markazida bo‘lgan Aleks Skottga alternativ variant sifatida ko‘rilmoqda. Biroq «Bornmut» hozircha Skott bo‘yicha takliflarni muhokama qilishga tayyor emas.

Har ikki futbolchining ham «Bornmut» bilan amaldagi shartnomasi yana ikki yilga mo‘ljallangan. Ammo Skottdan farqli o‘laroq, Adams nisbatan arzonroq summaga — taxminan 40 million yevro atrofida sotilishi mumkinligi aytilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Manchester Yunayted» braziliyalik Kazemiro klubni tark etgani va yarim himoyachi Manuel Ugarte tizzasidan olgan jarohati tufayli maydonga tusha olmayotgani ortidan tayanch yarim himoya chizig‘ini jiddiy ravishda mustahkamlashni istamoqda. Shuningdek, «MYu» yozda allaqachon bir qator transferlarni amalga oshirdi: yarim himoyachilar Andrey Santos «Chelsi»dan, Yuri Tilemans esa «Aston Villa»dan jamoaga qo‘shildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!