
Manchesterliklar endi “Real” yulduzini oladi
“Manchester Yunayted” tarkibini katta klublarda o‘ynash tajribasiga ega o‘yinchilar bilan kuchaytirishga qaror qildi.
Fichajes nashrining ma’lum qilishicha, manchesterliklar “Real” hujumkor futbolchisi Braim Diasni nishonga olgan.
Angliya klubi mutasaddilari bu futbolchi oldingi chiziqqa kreativlik olib kirishiga ishonch bildiryapti.
Manbaga ko‘ra, “Manchester Yunayted” mutasaddilari 25 yoshli futbolchi bo‘yicha madridliklarga yoqadigan summa ko‘rsatilgan taklif tayyorlab qo‘ygan.
“Real” bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etadigan Braim Dias Transfermarkt portali tomonidan 35 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar