Manchesterliklar eng zo‘r futbolchisini sotishga tayyor

  • 23.07.2026 12:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Brunu Fernandesh ushbu yozda klubni tark etishi mumkin.

Jurnalist Sulaymon Rodop ma'lumotiga koʻra, manchesterliklar portugaliyalik futbolchini atigi 42 million funt sterling evaziga sotishga tayyor.

Futbolchiga «Galatasaroy» qiziqish bildirmoqda. Biroq turk klubi Brunu talab qilayotgan maoshni toʻlash imkoniyatiga ega emas.

Brunu Fernandesh 2020 yilda “Sporting”dan “Manchester Yunayted”ga 65 million yevro evaziga koʻchib oʻtgan edi. Uning shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi.

2025/2026 yildgi mavsumda u barcha musobaqalarda 37 ta uchrashuv oʻtkazib, 9 ta gol va 22 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Transfermarkt portali jamoaning eng asosiy futbolchisiga aylangan Fernandeshning bozor qiymatini 35 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!