Manchesterliklar "Real" yulduzi bilan muzokara o'tkazdi

  • 23.07.2026 10:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Yunayted» mutasaddilari «Real» yarim himoyachisi Eduardo Kamavingani jamoaga olib kelish imkoniyatini o‘rganmoqda.

Insayder Fabrizio Romano xabariga ko‘ra, manchesterliklar futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqqan. Angliya klubi yangi tayanch yarim himoyachi izlamoqda va 23 yoshli fransiyalik futbolchining bunday transferga qay darajada qiziqishi borligini aniqlashga urinmoqda.

Hozircha Eduardo Kamavinga «Real»da qolishni rejalashtirgan. Biroq Madrid klubi uni sotishga qaror qilsa, Angliyaga o‘tish varianti futbolchi uchun ustuvor yo‘nalishga aylanishi mumkin.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Kamavinganing bozor qiymati 50 million yevro atrofida baholangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!