Manchesterliklar Xollni qo‘ldan chiqarganidan keyin yangi futbolchi tanladi
«Manchester Yunayted» klubi «Bornmut» tarkibida o‘ynayotgan chap qanot himoyachisi Adrien Tryufferga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Avvalroq manchesterliklar asosiy maqsad sifatida Lyuis Xollni olishga urinган edi. Biroq futbolchi «Nyukasl» bilan shartnomasini uzaytirib, jamoada qolishni ma’qul ko‘rdi. TEAMtalk nashri ma’lumoticha, shundan so‘ng «Manchester Yunayted» chap qanotni kuchaytirish uchun asosiy nomzod sifatida aynan Tryufferni belgilagan. Klub fransuz futbolchisini qishki transfer oynasining o‘zidayoq olib kelishni istamoqda, ammo mutaxassislar uning yozda jamoaga qo‘shilishi ehtimoli yuqoriroq, deb baholamoqda.
«Bornmut» esa Adrien Tryuffer bilan hozircha xayrlashish niyatida emas. Klub rahbariyati uning transferi uchun 60 million funt sterling (taxminan 70 million yevro) atrofida mablag‘ talab qilmoqda. 24 yoshli himoyachining «vishnyalar» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar