
Manchini himoyachilar va Emersonning jarohati borasida gapirib o‘tdi
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Finlyandiya (2:1)ga qarshi bahsdan so‘ng, Emersonning jarohati borasida gapirdi.
"Emerson jiddiy jarohat olmadi. Jarohat kuchaymasligi uchun vaqtida to‘xtadi.
Umuman himoyamiz yaxshi ishladi, Itstso va Acherbi ilk bor birgalikda o‘ynashdi. Florentsi ham chap qanotda ajoyib o‘ynadi. U Emersonning o‘rniga maydonga tushishi mumkin bo‘lgan yagona futbolchi edi," - dedi Manchini.
Eslatib o‘tamiz, Finlyandiya va Italiyaning o‘zaro uchrashuvining 8-daqiqasida Emerson jarohat olib maydonni tark etgan edi.
Fikrlar