
Manchini Ispaniyaga qarshi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini “Evro-2020” yarim finalidan o‘rin olgan Ispaniyaga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Italiya va Ispaniya o‘rtasidagi o‘yinning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlari 1:1 hisobida yakunlangach, g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda omad Manchini jamoasiga kulib boqdi.
“Musobaqa boshlanishidan oldin bizga ishonganlar kamroq bo‘lgan bo‘lsa ham, biz finalga chiqishga intildik. Ispaniya terma jamoasini tabriklayman, bu ajoyib jamoa, penalti esa lotereya.
Biz bunga munosibmiz deya olaman. Biz bu qiyin bo‘lishini bilganmiz. Ispaniya hujumchisiz o‘ynashga qaror qilib, bizni darhol hayratga soldi. Hamma g‘alaba qozonishni xohlaydi, ammo bizning jamoamiz o‘ziga xos bir narsaga erishmoqchi edi va ular buni uddaladilar. Bu tarkib – ajoyib”, - dedi italiyalik mutaxassis.
Endi Italiya finalda bugun bo‘lib o‘tadigan Angliya va Daniya juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar