Manchini: «Italiya terma jamoasi kelgusi to‘rt yil ichida sovrin qo‘lga kiritadi»
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini yaqin yillarda jamoani yangi sovrinlarni qo‘lga kiritishiga ishonadi.
«G‘alabaning asosiy kaliti — o‘yindan zavq olish va tomoshabinlarga chiroyli futbol taqdim etish. Men maydonda ustunlik qiladigan jamoa qurmoqchiman. Ishonchim komilki, kelgusi to‘rt yil ichida kamida bir sovrin qo‘lga kiritamiz. Bu yerga imkoniy boricha tezroq nimanidir yutuqqa erishish uchun kelganman», — deya Manchining so‘zlarini jurnalist Nikolo Skira keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi so‘nggi jahon chempionatini o‘tkazib yuborgandi. Musobaqaga chiqa olmaganidan so‘ng bosh murabbiy Djennaro Gattuzo lavozimidan ozod etilgan.

Fikrlar