
Mane jarohati sabab PSJga qarshi safardagi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
"Bavariya" hujumchisi Sadio Mane PSJga qarshi Chempionlar ligasining nimchorak finali birinchi o‘yinida ishtirok etmaydi. Myunxenliklar bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann senegallik futbolchining 14 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan "Park de Prens"dagi bahs uchun tiklanishga ulgurmasligini ma’lum qildi.
Mane Germaniya kubogi doirasida "Verder"ga qarshi o‘yinda tizzasidan jarohat olgan edi. Shu sababli, hujumchi Senegal terma jamoasi bilan jahon chempionatida ham ishtirok eta olmadi.
Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli hujumchi joriy mavsum boshida "Liverpul"dan 50 million evro evaziga Myunxen klubi safiga kelib qo‘shilgandi.
Fikrlar