Manjukich La Ligaga qaytishi mumkin

  • 9 noyabr, 2020, 22:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Yozdan buyon erkin agent maqomida yurgan xorvatiyalik hujumchi Mario Manjukich faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.

El Partidazo de COPE nashrining yozishicha, 34 yoshli futbolchiga “Selta”dan qiziqishlar bo‘lmoqda.

Ta’kidlash kerakki, Manjukich uchun La Liga begona emas. U 2014-2015 yillarda “Atletiko” Madrid sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!