
Manuel Pellegrini: Agar VAR bo‘lganida MYuni mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lardik
"Vest Xem" klubi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini kecha APLning 34-turidan o‘rin olgan MYuga qarshi bahsda uchralgan mag‘lubiyatda hakamlarni aybladi.
“Bugungi o‘yinda biz g‘alaba qozonishimiz kerak edi deb hisoblayman. Biz yaxshi o‘ynadik, biroq uch ochko qo‘lga kirita olmadik. Men hakamlarga shikoyat qilmoqchi emasma, chunki ularning ishi juda qiyin. Lekin, Mata bilan bog‘liq vaziyatda penalti yo‘q edi, qolaversa, bizning hisobga olinmagan golimizda esa hech qanday ofsayd bo‘lmagandi. Bundan tashqari MYu ikkinchi golini ofsayddan kiritdi. Agar bugun VAR bo‘lganida biz g‘alaba qozongan bo‘lardik”, - deydi “bolg‘achilar” ustozi.
Fikrlar