Maoshim oshmasa, “Barsa”ga ketaman!

  • 31 oktabr, 2022, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi”ning tajribali yarim himoyachisi Jorjino klub rahbariyatidan maoshini oshirishni talab qilmoqda.

Tecno

Italiyalik futbolchi agar oladigan puli o‘zi istagan darajada bo‘lmasa, yanvarda “Barselona”ga o‘tib ketishga tayyorligini bildirdi.

Aslida Jorjino yozda o‘ziga bo‘lgan takliflarni rad etib, “aristokratlar” safida qolishni istagandi. Lekin endi 30 yoshli futbolchi katta maosh ko‘rsatilgan yangi bitim kutyapti.

Markaziy yarim himoyachining amaldagi kelishuvi mavsum oxirida yakunlanadi. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 16 marta maydonga tushib, uchta gol ham urdi.

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes Jorjinoni o‘z jamoasiga olib kelib, Kataloniyani tark etishi kutilayotgan Serxio Buskets o‘rniga o‘ynatmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!