Mareska "Manchester Siti"ni boshqarishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi
Angliyaning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Entso Mareska agar Xosep Gvardiola jamoani tark etsa, "Manchester Siti"ni boshqarishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar haqida gapirdi.
"Buning menga aloqasi yo‘q, chunki bu 100 foiz spekulyatsiya ekanligini bilaman. Bunday narsalarga vaqtim yo‘q. Meni "Chelsi" bilan shartnomam bor, 2029 yilgacha bo‘lsa kerak. Men bu klubga e’tibor qarataman va bu erdaligimdan faxrlanaman.
Bir hafta oldin Italiyada "Yuventus" bilan ham shunday bo‘lgandi. Men bunga e’tibor bermayman. Bu yangiliklar nima uchun paydo bo‘lganini tushunish muhim, ammo bu shunchaki taxminlar", - deya Mareskaning so‘zlarini keltiradi jurnalist Ben Jeykobs X ijtimoiy tarmog‘ida.
Ma’lumot o‘rnida, OAVda so‘ngi paytlarda "Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola mavsum yakunida jamoani tark etishi haqida xabarlar tarqaldi. Ko‘plab nashrlarda ispaniyalik mutaxassis o‘rnini "aristokratlar" ustozi egallashi mumkinligi haqida yangiliklar chiqdi.

Fikrlar