Mariya Lasitskene hamda Danil Lisenko balandlikka sakrash bo‘yicha jahon chempioni

BEPUL PROPAN

Kecha Buyuk Britaniyaning Birmingem shahrida engil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi jahon chempionati start oldi. Reglamentga ko‘ra, burinchi kun bellashuvlarida erkaklar va ayollar o‘rtasida balandlikka sakrash, hamda ayollar o‘rtasida 3 000 metrga yugurish bo‘yicha bellashuvlar o‘tdi. 

Balandlikka sakrash sektorida kutilganidek, neytral bayroq ostida musobaqalarda ishtirok etayotgan rossiyalik sportchilar  Mariya Lasitskene hamda Danil Lisenko g‘alaba qozonishdi. Uzoq musobaqaga yugurishda esa efiopiyalik Genzebe Dibabaga teng keladigani topilmadi. Batafsil: 

Yopiq inshootlardagi JCh. Birmingem, Buyuk Britaniya

Balandlikka sakrash. Erkaklar

1. Danil Lisenko (Rossiya) – 2,36
2. Mutaz Barshim (Katar) – 2,33
3. Mateush Pshibylko (Germaniya) – 2,29

Ayollar

1. Mariya Lasitskene (Rossiya) – 2,01
2. Vashti Kanningem (AQSh) – 1,93
3. Alessia Trost (Italiya) – 1,93

3000 m. yugurish

Ayollar

1. Genzebe Dibaba (Efiopiya) – 8.45,05
2. Sifan Xassan (Gollandiya) – 8.45,68
3. Lora Myur (Buyuk Britaniya) – 8.45,78

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!