Mariya Sharapova 4 yildan so‘ng maysa qoplamali kortga tushdi
Eslatib o‘tamiz, Mariya Sharapova 28 yanvardan beri kortga chiqmayotgan edi. Shuningdek, rus tennischisi “Uimbldon-2015” turniridan so‘ng maysa qoplamali kortda ilk marotaba zafar quchdi.
Ispaniyaning Malorka shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida davom etayotgan "Mallorca Open" turnirida rossiyalik Mariya Sharapova ilk uchrashuvini o‘tkazdi.
Musbaqaning birinchi davrasida Mariya chexiyalik Viktoriya Kuzmovani 7:6, 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, navbatdagi bosqichda germaniyalik Anjelik Kerberga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Fikrlar