Mariya Sharapova germaniyalik tennischini xafa qildi
Avstraliyalada o‘tayotgan “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Australian Open -2018” turnirining birinchi davrasida rossiyalik Mariya Sharapova germaniyalik Tatyana Mariaga qarshi kortga chiqdi.
Qiziqarli o‘tgan uchrashuvda Mariya raqibini 6:1, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratib navbatdagi bosqichda yo‘l oldi.
Shuningdek, Sovrin jamg‘armasi 55.000.000 Avstraliya dollari bo‘lgan musobaqaning birinchi davrasida Anastasiya Pavlyuchenkova (Rossiya),Darya Kasatkina (Rossiya), Irina Begu (Ruminiya), Bernarda Pera (AQSh), Karolin Voznyatski (Daniya), Elina Svitolina (Ukraina) Belinda Benchich (Shveytsariya), Alena Ostapenko (Latviya), Karolin Garsiya (Frantsiya), Yoxanna Konta (Buyukbritaniya), Timea Babosh (Vengriya), Yuliya Gerges (Germaniya), Jan Shuay (Xitoy), Magdalena Ribarikova (Slovakiya), Barbora Stritsova (Chexiya), Darya Gavrilova (Avstraliya), Kayya Kanepi (Estoniya) Alize Korne (Frantsiya), Lara Arrubarrena (Ispaniya) g‘alaba qozondi.
Fikrlar