Mariya Sharapova: Turmushga chiqishni xohlayman
Rossiyalik Mariya Sharapova «Australian Open – 2008»dagi g‘alabali odimlarini yodga oldi.
“Menimcha, 2008 yilga ancha bo‘ldi. Men yuzimga qaraganimda, o‘sha vaqtdagi hissiyotlarni tushunib etdimki, bu g‘alaba juda uzoq vaqt oldin edi. Nima uchun biz dunyo kezib, tennis o‘ynaymiz?. Axir bizni hech kim kuzatmasa-da, shug‘ullanamiz, tanamizni qiynaymiz. Shu uchun biz tennis o‘ynaymizmi?. Men tanam menga imkon berguncha tennis o‘ynashda davom etaman.
To‘g‘risini aytsam, o‘smirlik davrimda 30 yoshgacha tennis o‘ynashim haqida o‘ylamagan ediman. Men turmush qurib, farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanish va ular bilan sayyoxatlarda bo‘lishni istaganman. Biroq hozir men o‘z faoliyatimni davom ettirish haqida o‘ylamoqdaman. Tennisga ko‘p narsamni berganman. Lekin, hozir ham oilali bo‘lish istagidaman,” – deydi Mariya Sharapova.

Fikrlar