Mariya va Uotson Akapulkoda tengsiz

Germaniyalik Tatyana Mariya va britaniyalik Xizer Uotson Akapulkodagi tennis turnirining juftlik bahslarida g‘alaba qozondi.

Mariya va Uotson musobaqaning so‘nggi hal qiluvchi final uchrashuvida amerikalik Keytlin Kristian va Sabrina Santamariyani uch setda - 7:5, 2:6, 10:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Bu g‘alabadan so‘ng ular "Abierto Mexicano Telcel - 2018" turnirining bosh sovriniga va 280 reyting ochko si bilan birgalikda 12.300 AQSh dollariga ega bo‘ldi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!