
Markaziy hujumchi “Real”ni tark etyapti
“Real” yana bir futbolchisi bilan xayrlashishiga to‘g‘ri keladi. Markaziy hujumchi pozitsiyasida o‘yeaydigan Alvaro Rodriges boshqa jamoaga o‘tadigan bo‘ldi.
Todofichajes nashrining yozishicha, 19 yoshli urugvaylik futbolchiga Ispaniya chempionatining boshqa vakili – “Xetafe” ish berishga tayyor. Bu jamoyo yangi mavsum boshlangunga qadar hujumchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Rodrigesning transferi 3,5 million evroga baholanmoqda. Uning “Qirollik klubi” bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha davom etishi belgioangan.
Alvaro Rodriges yakunlangan mavsumni “Real”ning ikkinchi jamoasida o‘tkazdi. U madridliklar safida 11 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini olti bor ishg‘ol qildi.
Urugvaylik hujumchi “Xetafe” tarkibida professional darajada ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishga umid bildiryapti.
Fikrlar