
Markaziy o‘yinda mag‘lub bo‘lgan Shukurov jamoasi peshqadamlikni boy berdi
Birlashgan Arab Amirliklari birinchi divizionining navbatdagi 18-turi doirasidagi "Sharja" - "Al-Jazira" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur o‘yinda mehmonlar yirik 3:0 hisobida zafar quchdi.
"Sharja" safida harakat qilayotgan hamyurtimiz Otabek Shukurov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
Ushbu g‘alabadan keyin "Al-Jaira" ochkolar sonini 40taga etkazib, peshqadamga aylanib oldi. "Sharja" esa 37 ochko bilan ikkinchi pog‘onada bormoqda.
Fikrlar