Marko van Basten: U jamoasi o‘z ortidan ergashtiradigan etakchi emas

  • 14.10.2025 19:06
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Niderlandiya va "Milan" jamoalari sobiq futbolchisi Marko van Basten Virjil van Deykda etakchilik qobilyati yo‘qligi haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Menimcha, van Deyk etakchiga aylanishi lozim. U o‘rnak va jamoada ajralib turadigan futbolchi bo‘lishi kerak. Lekin uning fe’l-atvori menga yumshoq tuyiladi. U fantastik o‘yinchi, ehtimol dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biri. 

Virjil bosh bilan o‘ynay oladi, u tezkor, baland bo‘yli va maydonni yaxshi ko‘radi. Ammo u jamoasi o‘z ortidan ergashtiradigan etakchi emas. Umid qilamanki, Arne Slot unga nimadir o‘rgata oladi", - dedi "Ayaks" jamoasi sobiq futbolchisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!