Marmush raqib jamoaga o'tmaydi. Sababi aniq bo'ldi

  • 18.08.2026 16:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti» hujumchisi Umar Marmush katta ehtimol bilan Londonning «Tottenxem» klubiga o‘tmaydi. 

Bu haqida «Everton» jamoasining sobiq bosh ijrochi direktori Kit Uayness Football Insider nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, «Tottenxem» Marmush transferi uchun faqatgina sotib olish pulini emas, balki agentlik xizmati, imzolash bonuslari va boshqa xarajatlar uchun taxminan yana 23,4 million yevro sarflashiga to‘g‘ri keladi. 

Bundan tashqari, misrlik futbolchining maoshi ham juda yuqori — yiliga taxminan 17 million yevro. Uaynessning ta’kidlashicha, aynan shu moliyaviy omillar kelishuvni amalga oshirishga jiddiy to‘siq bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda «Manchester Siti» Angliya Superkubogi bahsida «Arsenal»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi — 0:3. Ushbu uchrashuvda Umar Marmush 37 daqiqa maydonda to‘p surdi, ammo gol yoki golli pas bilan ajralib tura olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!