
Maruan Fellayni yana APLga qaytishi mumkin
"Vest Xem" bosh murabbiyi Devid Moyes Xitoy Superligasining "Shandun Lunen" klubi yarim himoyachisi Maruan Fellayni xizmatlariga qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda Sky Sports.
Belgiyalik futbolchining Xitoy klubi bilan yana ikki yillik shartnomasi mavjud, ammo mamlakat Superligasida joriy etilishi kutilayotgan ish haqi cheklovi sabab begliyalik hozirgi maoshining 75 foizini yo‘qotib qo‘yishi mumkin.
Oldinroq, Maruan Fellayni "Tottenxem" bildirgan taklifga rad javobini bergan edi. Biroq endi belgiyalik o‘z qarorini yana bir bor o‘ylab ko‘rishi mumkin.
Fikrlar