"Mash’al" - "Sho‘rtan" o‘rtasidagi pley-off o‘yini Qarshida o‘tkaziladi

  • 6 noyabr, 2023, 22:03
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

«Superliga va Proliga reglamenti»ning 7.4-bandiga ko‘ra, mavsum yakuniga ko‘ra Pro ligada 4 hamda 5-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan «Mash’al» va «Sho‘rtan» jamoalari Superliga yo‘llanmasi uchun dastlabki pley-off o‘yinida maydonga tushishi kerak.

pley off

Liga har ikki jamoaga qulaylik yaratish maqsadida pley-off uchrashuvini Qarshi shahrida o‘tkazish yuzasidan «Nasaf» futbol klubi bilan kelishuvga erishdi. Bellashuv 15 noyabr kuni soat 15:00 da start oladi.

O‘zPFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!