"Mash’al" stadionining yoritgichlari endi talab darajasida

"Mash’al" futbol klubi uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan "Bahrom Vafoev" nomidagi stadionda kuzda yangi projektorlar o‘rnatish ishlari olib borildi. 

Dastlab fevral oyida ilk bosqich yakunlangach, Liga mutaxassislari stadion yoritish tizimini o‘lchash ishlarini o‘tkazishgandi. Unda yoritish tizimi darajasi 1700 lyuksni tashkil qilgandi. 

Projektorlarni talab darajasiga etkazish uchun yana qo‘shimcha sozlash ishlari amalga oshirildi. 22 aprel kuni Liga mutaxassisi Muborakdagi stadionda yana bir bor yoritishni o‘lchash jarayonini o‘tkazdi. Endilikda Bahrom Vafoev stadioni projektorlari 1900 lyuks darajada yorug‘lik bermoqda. 

Ushbu ko‘rsatkich O‘zPFL talablariga to‘liq javob beradi.

O‘zPFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!