Masharipov "Al-Nassr"ga qaytadimi?

  • 10 may, 2021, 23:20
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

BAAning "Shabab Al-Ahli" jamoasi safida ijara asosida harakat qilayotgan Jaloliddin Masharipov "Al-Nassr"ga qaytishi kutilmoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiya klubi legionerimizni avstraliyalik darvozabon Bred Jons o‘rniga OChL pley-off bosqichi uchun ro‘yxatdan o‘tkazadi.

Dubayliklar Masharipovni  6 oyga ijaraga olgan edi. Yarim himoyachi "Shabab Al-Ahli" safida 11ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan va 4ta golga assistentlik qilgan.

BAA chempionat yana 1 turdan so‘ng yakuniga etadi. Shuningdek, Jaloliddin jamoasi Fors ko‘rfazi kubogining final bosqichida "Al-Nasr" bilan o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
16/05/2021 15:44
КУЧЛИ ЯХШИ ВА СФАТЛИ ФУТБОЛЧИ ҲЕЧ ҚАЙРДА ҲОР БЎЛМАЙДИ.