
Masharipov jamoasi Kojo uchun "Dinamo"ga qancha to‘laydi?
Samarqandning "Dinamo" hujumchisi Joel Kojo Eronning "Istiqlol" klubi futbolchisiga aylandi. Qirg‘izistonlik futbolchi "Transfermarkt"da fors klubi a’zosi sifatida ko‘rsatilmoqda.
Ushbu transfer uchun "ko‘klar" Samarqand klubiga 300 ming dollar to‘laydi. Bir necha kun avval futbolchining Tehronda tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgani haqida xabar bergan edik. Tez orada rasmiy xabar e’lon qilinadi.
Ma’lumot uchun, Kojo 2024 yilgi mavsum Superligada 24 ta o‘yinda qatnashib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar