Masharipov qishda Arsen Venger qo‘l ostida PSJga qarshi o‘ynashi mumkin

  • 13 oktabr, 2021, 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Arsen Venger bir o‘yin uchun Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" va "Al-Hilol" klublari futbolchilaridan tashkil topgan jamoaga murabbiy bo‘ladi.

Birlashgan jamoa 2022 yil yanvar oyida "Riyad Season Cup" o‘rtoqlik turniri doirasida PSJga qarshi o‘ynaydi.

Aytish lozimki, Venger 22 yil davomida "Arsenal"ni boshqargan. Frantsiyalik mutaxassis “kanonirlar” boshqaruvini 2018 yilda tark etgan va shundan buyon murabbiylik qilmay kelmoqda.

Arsen Venger hozirgi paytda FIFAda futbolni global rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i sifatida ishlab kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Al-Nasr" jamoasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Jaloliddin Masharipov ham to‘p suradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!