
Masharipov va G‘aniev jamoasi ertangi muhim o‘yin oldidan so‘nggi mashg‘ulotini o‘tkazdi (Foto)
Ertaga Birlashgan Arab Amirliklari liga kubogi dastlabki yarim finaldan o‘rin olgan "Al-Vasl" - "Shabab Al-Ahli" bahsi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur bellashuv oldidan Jaloliddin Masharipov va Aziz G‘aniev faoliyat yuritayotgan "Shabab Al-Ahli" bugun so‘nggi mashg‘ulotini o‘tkazdi. Unda yaqindagina yangi jamoasiga qo‘shilgan Masharipov faol ishtirok etdi. Ammo chempionat doirasidagi oxirgi turda ishtirok etmagan Aziz G‘aniev bu gal ham mashg‘ulotlarda ko‘rinmadi. Hozircha, G‘aniev jarohat olgani yoki boshqa sabab bo‘yicha o‘ynamayaptimi, bu borada rasmiy ma’lumot berilmagan.
Fikrlar