
Masharipov yangi jamoasida nechanchi raqamda o‘ynaydi?
Xabaringiz bor, "Paxtakor" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov "Shabab Al-Ahli" jamoasiga ko‘chib o‘tdi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, futbolchi yangi jamoasi safida 7-raqam ostida to‘p tepadi.
"Shabab Al-Ahli" bugun BAA chempionatining 14-turidan o‘rin olgan bahsda "Ittihod Kalba"ni mehmon qiladi. Masharipov o‘yinni zaxirada boshlashi kutilmoqda.
Fikrlar