Masharipovning jamoadoshi Shomurodov o‘rnini egallashi kutilmoqda!

  • 24 mart, 2022, 08:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” mutasaddilari yozgi transferlar vaqtida “An-Nasr”ning hujumkor futbolchisi  Taliskani transfer qilmoqchi.

Tecno

Ma’lumki, “An-Nasr” jamoasi o‘zbekistonlik futbol muxlislariga yaxshi tanish. Saudiya Arabistoni klubida Jaloliddin Masharipov faoliyat yuritmoqda.  Yarim himoyachimiz  saudiyaliklar jamoasida 21 ta uchrashuvda bitta gol va to‘rtta golli pas muallifi bo‘ldi.

Taliska esa joriy mavsumda “An-Nasr” uchun 25 ta uchrashuvda 15 ta gol urdi va ikkita assistni amalga oshirdi.

Asli braziliyalik bo‘lgan Taliska faoliyati davomida o‘z yurtida “Baiya” jamoasi sharafini himoya qilgan. 2014 yili Evropaga kelib, “Benfika” va “Beshiktosh”da o‘ynadi. Keyinchalik “Guanchjou Evergrand”da to‘p tepgan tajribali futbolchi o‘tgan yili Saudiya jamoasiga ko‘chib o‘tdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Mourino Taliskani “Benfika”dagi faoliyatidan yaxshi biladi. 28 yoshli hujumkor o‘yinchini Rimga olib kelish fikri ham aynan Mourinodan chiqqan. Taliskaning o‘zi ham Evropaga qaytish ilinjida yuribdi. Amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha tuzilgan Taliska transfermarkt portali tomonidan 11,5 million evroga baholanayotgan bo‘lsa-da, uning transferini ancha arzonga hal qilish mumkin.

talisca

“Roma” hujumchisi Germaniyaga ketadi

“Roma” hujumchisi Karles Peres ham Joze Mourino qo‘l ostida etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti.

“Barselona” tarbiyalanuvchisi faqat ayrim holatlarda zaxiradan o‘yinga qo‘shilmoqda. U o‘ynaydigan o‘ng qanotda Nikolo Dzanolo ishonchli harakat qilyapti va o‘rnini hech kimga berib qo‘ymoqchi emas.

Karles Peres hozirdan o‘ziga bo‘layotgan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Ayni paytda Bundesliga vakili “Bayer” Peresga jiddiy qiziqish bildiryapti. Leverkuzenliklar ispan futbolchisini jamoadan ketish payida yurgan Mussa Diabi o‘rniga olib kelmoqchi.

Joriy mavsumda 35 ta o‘yinda 16 ta gol urib, 9 ta assist qayd etgan Mussa Diabi kuchliroq klublardan biriga o‘tmoqchi.

Karles Peres “Roma” tarkibida 21 marotaba maydonga tushib, atigi 777 daqiqa harakat qildi, o‘z hisobiga ikkita gol va bitta assist yozdirib qo‘ydi.

27ad3b_1

Bu o‘yinchi Angliyaga qaytadi

“Roma” rahbariyati yanvar oyida “Arsenal”dan ijaraga olingan yarim himoyachi Eynsli Meytlend-Naylsning transfer huquqini sotib olmaydigan bo‘ldi.

Angliyaning futbolchini o‘yini Joze Mourino va murabbiylar shtabiga yoqmadi. Rimliklar yarim mavsum uchun “kanonirlar”ga 600 ming funt miqdorida ijara puli to‘lashi kelishilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Qolaversa, “Roma” bu yarim himoyachini 10 million evro atrofidagi mablag‘ evaziga to‘liq transfer qilish huquqiga ham ega.

Eynsli Meytlend-Nayls “Roma”ga o‘tiganidan beri barcha turnirlarda to‘qqiz marotaba maydonga tushib, samarali ko‘rsatkichlar qayd eta olmadi.

BIG-Roma-Juve-Maitland

Pellegrini rekordini yangiladi

Lorentso Pellegrini mavsum davomida bir necha bor jarohat va sog‘lig‘idagi muammolar tufayli safdan chiqqaniga qaramay, samarali o‘yin namoyish etmoqda.

“Roma” sardori va etakchisi “Latsio” darvozasiga kiritgan to‘pi bilan mavsumdagi gollari sonini 11 taga etkazdi. Shulardan sakkiztasi A Seriya o‘yinlarida va uchtasini Konferentsiya ligasida kiritilgan.

Bu ko‘rsatkich tajribali yarim himoyachi uchun shaxsiy rekord hisoblanadi. Avvallari Pellegrini bir mavsumda bu qadar ko‘p gol urmagan.

1632467318_pellegrini

Abraxam Shomurodovni “sindirdi”, Mourino esa “Chelsi”dan yana o‘yinchi oladi!

Shomurodovni o‘ynatmayotgan Mourino Rossiya chempionatida yana futbolchi olmoqchi

Mourino Shomurodovdan voz kechdimi?

Frantsiyaning kuchli jamoasi “Roma” hujumchisini aniq sotib oladi! U kim ekan?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!