Mourino Shomurodovdan voz kechdimi?

  • 10 mart, 2022, 21:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

A Seriyaning o‘tgan turida Joze Mourino shogirdlari yuqori o‘rinlar uchun kurashdagi asosiy raqobatchilaridan hisoblangan “Atalanta”ni mag‘lubiyatga uchratdi. Bu g‘alabadan so‘ng Joze Mourino va shogirdlarining kayfiyati a’lo.

Endi rimliklar o‘z oldilariga qo‘yilgan yana bir vazifa – UEFA Konferentsiyalar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritish uchun pley-off bosqichida Niderlandiyaning “Vitess” jamoasiga ro‘baro‘ keladi.

uefa-predstavil-trofej-ligi-konferencij_1621861848430388362

Nimchorak finalning birinchi uchrashuvi safarda – raqib maydonida bo‘ladi.

Niderlandiyaliklar bu bosqichga tasodif tufayli etib keldi. Konferentsiyalar ligasidagi yurishini saralash bosqichidan boshlagan “Vitess” dastlab, Irlandiyaning “Dandolk” jamoasini 2:2, 2:1 hisobida engdi. Keyingi bosqichda niderlandiyaliklar Belgiyaning “Anderlext” futbolchilarini ortda qoldirdi – 3:3, 2:1.

“Vitess” guruh bosqichida Angliyaning “Tottenxem”,  Frantsiyaning “Renn” va Sloveniyaning “Mura” klublari bilan bahslashib, uchta g‘alaba, bitta durang va ikki mag‘lubiyat bilan ikkinchi o‘rinni band etdi. Tasodif shundaki, ikkinchi yo‘llanmaga asosiy da’vogar bo‘lgan “Tottenxem” koronavirus pandemiyasi tufayli “Renn” bilan bo‘ladigan o‘yindan bosh tortdi va UEFA londonliklarga  teexnik mag‘lubiyat yozdi.

Tomas Lech shogirdlari o‘tish bosqichida Avstriyaning “Rapid” klubi bilan to‘qnash keldi. Dastlabki o‘yinda 2:1 hisobida imkoniyatni boy bergan niderlandiyaliklar javob bahsida javobsiz ikkita to‘p kiritib, nimchorak finalga chiqdi.

“Roma” ham xalqaro turnirdagi ishtirokini saralashdan boshlab, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, Turkiyaning “Trabzonspor” klubini musobaqadan chiqarib yubordi. Turkiyadagi o‘yinda Eldor Shomurodov “Roma”dagi dastlabki golini urdi va jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi. “Olimpiko”da Mourino shogirdlari turklarga hech qanday imkoniyat qoldrmadi – 3:0.

5839f729ae841fb1a04bfc7a3c2434b3

Guruh bosqichida Rim “bo‘rilari” Norvegiyaning “Budyo-Glimt”, Ukrainaning “Zarya” va Bolgariyaning  TsSKA klublarini ortda qoldirib, birinchi o‘rin egasi sifatida to‘g‘ridan to‘g‘ri nimchorak finalga yo‘l oldi.

Ayni paytda xorij matbuoti bo‘lajak bahs tahlili haqida turli ma’lumotlargi chiqarmoqda. Ularning aksariyati “Roma”ning imkoniyatini yuqori baholayotgani ham bor gap. Manbalarning ma’lum qilishicha, Joze Mourino Niderlandiyadagi uchrashuvda ham “Atalanta”ga qarshi qo‘llagan g‘alabali taktikadan foydalanishni rejalashtirayotgan ekan. Har holda mashg‘ulotlar aynan ana shu taktikaga moslab tashkil etildi.

“Vitess” uchun bu juda muhim o‘yin bo‘ladi. Chunki Arnem shahri sharafini himoya qilayotgan bu klub milliy chempionat jadvalining o‘rtasida bormoqda va ular Evrokuboklarda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishi uchun Konferentsiyalar ligasida bosh sovrinni o‘ziniki qilishi kerak. Arnemliklar 40 ochko bilan ettinchi pog‘onada bormoqda va Nilerlandiya chempionatida kuchli to‘rtlikka kirgan klublarga xalqaro maydonda mamlakat sharafini himoya qilish huquqini inobatga olsak, “Vitess” bu mavsum yuqori o‘rinlardan chetda qolishi aniqroq. Zero, “Vitess” chempionat yakunlanishiga to‘qqizta tur qolgan bir pallada to‘rtinchi o‘rinda borayotgan “AZ Alkmaar”dan 11 ochkoga ortda qolyapti.

Biz uchun qizig‘i esa, Eldor Shomurodovning maydonga tushishi ekani hech kimga sir emas. Biroq, Mourino “Yuventus”ga qarshi alamni mag‘lubiyatni hali ham unutmagan ko‘rinadi. Portugaliyalik mutaxassis o‘sha o‘yindan keyin legionerimizga ishonch bildirmay qo‘ydi. Hatto, murabbiyning ko‘zini chalg‘itib, tungi klublarda yurgani uchun asosiy tarkibdan haydalgan Feliks Afena-Gyan ham “Atalanta”ga qarshi o‘yinda qatnashdi. Lekin Shomurodov tobora maydondan uzoqlashib bormoqda.

As-roma sayti Joze Mourino  “Vitess”ga qarshi bahsda Eldor Shomurodovga ishonch bildirmasligini ma’lum qildi.

- “Roma” hujumida Temmi Abraxam va Nikolo Dzanologa raqobatchi yo‘q. Agar bu ikki o‘yinchi maydonda bo‘lsa, Shomurodovning o‘ynashi haqida gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Karles Peres ham bu sxemaga begona. Bu sharoitda eng ko‘p imkoniyat beriladigani yosh futbolchi Feliksdir. Shunday ekan, “Roma” yozda hujum chizig‘ini uchaytirishi uchun yaxshi saviyadagi forvard olishi kerak bo‘ladi, - deb yozmoqda mazkur sayt.

af202a77ed6fd01370a00711b292b35f

“Vitess” – “Roma” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 10 mart kuni soat 22:45da boshlanadi.

Frantsiyaning kuchli jamoasi “Roma” hujumchisini aniq sotib oladi! U kim ekan?

“Roma” hujumchilaridan biriga yangi jamoa qidira boshladi!

Umarovning uzri o‘tmadi, jamoalar uni talashmoqda, lekin...

Mojaro Umarovning Evropadagi faoliyatiga chek qo‘yishi mumkin!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!