Mashhur agent “Manchester Siti” yulduzini olib ketmoqchi

  • 19 iyul, 16:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”ning portugaliyalik hujumkor futbolchisi Bernardu Silva kelajagi borasida muhim qaror qabul qilishiga to‘g‘ri keladi.

Tecno

Football Insider nashrining yozishicha, mashhur agent Jorje Mendesh 30 yoshli o‘yinchiga yangi ish joyi topish maqsadida bir necha klublar bilan muzokara olib bormoqda.

Manbaga ko‘ra, “shaharliklar” portugaliyalik charm to‘p ustasiga hali yangi bitim taklif qilmagan. Silvaning amaldagi shartnomasi kelasi yoz yakunlanadi. Shuni inobatga olgan holda, Jorje Mendesh Bernardu Silvani mavsum tugaganidan keyin erkin agent sifatida tarkibga qo‘shadigan va o‘yin amaliyotini kafolatlaydigan jamoani hozirdan topib qo‘ymoqchi.

Bernardu Silva 2017 yildan beri Xosep Gvardiola qo‘l ostida to‘p tepib keladi. “Shaharliklar” bu yoz uni sotmoqchi emas.

Yakunlangan mavsumda Bernardu Silva barcha turnirlarda 52 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini olti marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga beshta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!