
Mashhur futbolchi “Barselona”ni boshqarmoqchi
“Barselona” tarixida chuqur iz qoldirgan Xavi Ernandes hozir bosh murabbiy sifatida jamoani muvaffaqiyatli boshqarib bormoqda. Bu mutaxassis qo‘l ostida kataloniyaliklar yana sovrinlar uchun kurashadigan qudratga ega bo‘ldi.
Biroq, bosh murabbiylik lavozimi uchun Xavi bilan raqobatlashadigan yana bir mashhur futbolchi chiqdi.
Ispaniyalik futbol yulduzi Sesk Fabregas kelajakda murabbiylik qilmoqchi ekanini ta’kidladi.
- Murabbiylik sir-asrorlarini o‘rganish imkonim bor. Qaysi klubni shug‘ullantirishni istayman?
Agar siz “Barselona” uchun o‘ynagan bo‘lsangiz, aynan mana shu jamoani boshqarishni orzu qilasiz. Lekin buning uchun juda ko‘p mehnat qilishim kerak. Chunki bu juda katta mas’uliyat, - dedi Sesk Fabregas.
35 yoshli futbolchi bu mavsumdan boshlab, Italiya B Seriyasida “Komo” jamoasi sharafini himoya qilmoqda.
Fabregas “Barselona” va “Arsenal” jamoalari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va faoliyati davomida “Chelsi” hamda “Monako”da ham to‘p tepgan.
Fikrlar