Mashhur futbolchi uchun mavsum tugadi
Angliya premyer-ligasining oʻrtamiyona klublari darajasiga tushib qolgan “Nottingem Forest”ning mashğur futbolchisi Kallum Hadson-Odoi mushak jarohati sababli joriy mavsumda boshqa oʻyinlarda ishtirok etmaydi.
Tajribali charm toʻp ustasi ushbu jarohatni oʻtgan hafta “Portu”ga qarshi Yevropa ligasi chorak finali javob uchrashuvida (1:0) zahiradan maydonga tushganidan keyin orttirib olgan edi.
The Athletic nashri maʼlumotiga koʻra, Hadson-Odoi endi “oʻrmonchilar”ga Premyer-ligada qolish uchun kurashda ham, “Aston Villa”ga qarshi Yevropa ligasi yarim finalida ham yordam bera olmaydi.
“Portu”ga qarshi uchrashuv hujumkor futbolchi uchun joriy mavsumda barcha musobaqalarni hisobga olganda 43-oyin boʻldi. 25 yoshli angliyalik yulduz ushbu oʻyinlarda oltita gol urgan.

Fikrlar