Mashhur hujumchi to‘rt yil qamoqqa hukm qilindi
To‘qqiz yildan ortiq vaqt oldin sodir etilgan jinoyat bo‘yicha ish nihoyat yakuniga yetib bormoqda. Gap «Selta» va «Valensiya» klublarida to‘p surgan hujumchi Santi Mina haqida ketmoqda.
U Almeriyadagi diskotekada qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilgani uchun to‘rt yil ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan, shu vaqtgacha esa jazodan qochishga urinib kelgan edi.
Ispaniya Oliy sudi yaqinda o‘z qarorini e’lon qilib, «Valensiya»ning sobiq futbolchisi to‘rt yillik qamoq jazosini albatta o‘tashini tasdiqladi, deya xabar bermoqda derbyderbyderby.it. Sud hujumchining oqov hukmi so‘ralgan shikoyatini ko‘rib chiqdi, ammo uni rad etdi.
Jabrlanuvchi esa, o‘z navbatida, Minaga sakkiz yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlashni talab qilgan, biroq Oliy sud bu talabni ham qondirmadi. Shu bilan birga, 1995 yilda tug‘ilgan futbolchi jabrlanuvchiga 25 ming yevro miqdorida ma’naviy zarar puli to‘lashga majbur etildi.

Fikrlar