Mashhur klub "Siti" futbolchisini oldi
«Benfika» klubi «Manchester Siti» bilan hujumkor futbolchisi Klaudio Echeverri transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Jurnalist Fabrizio Romano xabariga ko‘ra, ikki jamoa o‘rtasida barcha asosiy shartlar kelishib olingan. 20 yoshli futbolchi «Benfika» safini ijaraga asosida to‘ldirishi kutilmoqda. Lissabon klubi uning maoshini to‘liq o‘z zimmasiga oladi.
Shartnomaga futbolchini to‘liq sotib olish imkonini beruvchi band ham kiritiladi. Echeverri transferni rasmiylashtirish uchun bugunning o‘zidayoq Portugaliyaga yo‘l olishi kutilmoqda.
Futbolchining ehtimoliy transfer narxi hozircha oshkor etilmagan.
«Manchester Siti» Echeverrini 2024 yil yanvar oyida «River Pleyt» klubidan sotib olgandi, ammo argentinalik yarim himoyachi yana bir mavsum sobiq jamoasida qolgan. Shuningdek, u ijaraga asosida «Bayer» va «Jirona» tarkibida ham maydonga tushgan.

Fikrlar