Mashhur yulduzga o‘rinbosar "Manchester Siti"dan topildi

  • 19.08.2026 14:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premier-ligasining badavlat klublaridan hisoblangan «Nyukasl» rahbariyati ispaniyalik yarim himoyachi Niko Gonsalesni qo‘lga kiritish bo‘yicha «Manchester Siti» bilan faol muzokara olib bormoqda. 

The Athletic nashrining yozishicha, klub rahbariyati 24 yoshli futbolchini yozgi transfer oynasining boshida «Arsenal»ga o‘tib ketgan Bruno Gimarainsning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan nomzod sifatida ko‘rmoqda.

Niko Gonsales «Manchester Siti» safida 2025 yil fevralidan beri to‘p surmoqda. U o‘tgan mavsumda barcha musobaqalar hisobga olinganda jami 41 o‘yinda maydonga tushib, ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etgan. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Gonsalesning bozor qiymati 40 million yevro atrofida baholanmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!