
Maskerano: "Bu PSJga qarshi Messi ham hech narsa qila olmasdi"
“Inter Mayami” bosh murabbiyi Xaver Maskerano PSJga qarshi uchrashuvdan keyin argentinalik hujumchi Lionel Messining o‘yini haqida gapirib o‘tdi.
“Mening fikrimcha, Leo yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Bunday buyuk futbolchiga murabbiylik qilish men uchun katta sharaf. Biroq, kuchli PSJga qarshi hatto Messi ham biron narsa qilishi qiyin”, - dedi argentinalik mutaxassis “BeIN Sports” nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, kechagi uchrashuvda parijliklar yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Enrike shogirdlari chorak finalda Myunxenning “Bavariya” jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. Bu jamoalar o‘rtasidagi bellashuv esa 5 iyul kuni soat 21:00 da start oladi.
Fikrlar