Matiias Messining gaplari tufayli Leo "Barsa"ga kelmaydigan bo‘ldi

  • 9 fevral, 2023, 16:06
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" rahbarlari Lionel Messining qaytishini orzu qilgan, ammo akasining so‘zlaridan keyin bu transfer amalga oshmaydigan bo‘ldi.

"Diario Sport" nashri xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta yaqin do‘stlariga Messini yaqin oylarda "Barsa"ga qaytarishni va bunga harakat qilishini aytgan. Laportaning orzusi amalga oshishi ehtimoli juda past.

Birinchidan, Messi PSJ bilan yangi shartnoma borasida kelishishga yaqin. Ikkinchidan, Lionelning akasi Mattias Messining so‘nggi bayonotlaridan keyin hujumchining "Barsa"ga qaytishi deyarli imkonsiz.

"Messisiz "Barselona" hech narsa emas".

Mattiasning bu so‘zlari "Barselona"da juda yomon qabul qilindi. Ko‘pgina rahbarlar Leodan Matiasning so‘zlari haqida fikr bildirishini xohlashdi.

Laporta Messini "JCh-2022"dagi ajoyib o‘yinidan keyin dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb biladi. "Ko‘k-anorranglilar" prezidenti Leo yana bir necha yil yuqori saviyada o‘ynay olishiga ishonadi va uning fikricha, Messi buni "Barselona"da qilsa yaxshi bo‘ladi.

Messining qaytishi keyingi mavsum oldidan yaxshi xabar bo‘ladi, kelasi mavsumda "Barsa" "Kamp Nou"da o‘ynamaydi va ta’mirlash ishlari tufayli "Lyuis Kompani Olimpiya" stadioniga ko‘chib o‘tadi.

Shuningdek, Laporta "Barsa"ga Messining qaytishi katta daromad manbai bo‘lishini tushunishadi. Klub Messining kelishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlarni jiddiy o‘rganib chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!