Matteus "Real"ning asosiy muammosini aytdi: "Jamoaga xarakter yetishmayapti"
"Bavariya"ning sobiq futbolchisi Lotar Matteus Chempionlar ligasi 1/4 final javob oʻyini oldidan Madridning "Real" klubi haqida keskin fikr bildirdi.
15 aprel kuni Myunxenda boʻlib oʻtadigan bahs oldidan nemis afsonasi birinchi oʻyindagi 2:1 hisobini emas, balki butun mavsum davomida koʻringan muammolarni asosiy omil sifatida tilga oldi.
"Barcha belgilar Myunxendagi javob oʻyini oldidan "Bavariya" gʻalabasini koʻrsatmoqda. Bu faqat birinchi oʻyin yoki "Real"ning soʻnggi omadsyzliklari sabab emas — bu butun mavsum davomida sezilib keldi.
Madridning La Liga yoki Chempionlar ligasini yutish imkoniyati kam, Ispaniya kubogidan esa ular allaqachon chiqib ketishgan.
Mavsum davomida "Real"da, ayniqsa Xabi Alonso ketib, murabbiy almashganidan keyin, doimiy bezovtalik hukm surdi. Menimcha, jamoaga eng avvalo xarakter yetishmayapti.
Oxirgi yillar, hatto oʻn yilliklar davomida Toni Kroos, Luka Modrich va Serxio Ramos kabi futbolchilar jamoaga oʻziga xos ruh va shaxsiyat bagʻishlardi. Hozir esa bu narsa yoʻqolgan.
Hozirgi “Real” futbolchilari tezkor, texnikasi kuchli, driblingda zoʻr va jismonan baquvvat. Birinchi oʻyinda buni koʻrdik. Ammo ular avvalgiyillardagi oʻsha qudrat va taʼsirni bermayapti.
Bu yaxshi futbolchilar, lekin ularning hech biri hozircha ikonaga aylangan emas — na Vinisius, na Jud Bellingem, na Kilian Mbappe. Aynan shu jihat “Real”ga yetishmayapti", — dedi Matteus.

Fikrlar